Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Britaniyaning nufuzli kompaniyasi O'zbekiston ishbilarmonlari bilan hamkorlikka qiziqish bildirmoqda - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Britaniyaning nufuzli kompaniyasi O'zbekiston ishbilarmonlari bilan hamkorlikka qiziqish bildirmoqda



LONDON, 17-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida Britaniyaning "Power Roll" kompaniyasining ijrochi direktori Nil Spenn bilan ikki tomonlama uchrashuv o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

"Power Roll" kompaniyasi Britaniyada 2011-yilda ta'sis etilgan bo'lib, kompaniya quyosh modullarining (quyosh panellari) yangi avlodini tijoratlashtirish va global joriy yetish bilan shug'ullanadi. Uning quyosh modullari (quyosh panellari) yengil, ikki tomonlama qoplashga mo'ljallangan "nou-xau" plyonkalardan iborat.

 

Muloqot davomida Nil Spenn "Power Roll" kompaniyasi va uning faoliyati bilan batafsil tanishtirdi va hozirda kompaniya tomonidan O'zbekistonning vazirlik va idoralari, yirik biznes subyektlari hamda tadbirkorlari bilan quyosh modullarining (quyosh panellari) yangi avlodini ishlab chiqarish yo'nalishlarida hamkorlik qilishga tayyorligini aytib o'tdi.

 

Shuningdek, mazkur yo'nalishlarda hamkorlik aloqalarini yanada jadallashtirish maqsadida kelgusida ikki tomonlama uchrashuvlar hamda tashriflar ishlab chiqilishiga kelishib olindi.