Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Londonda Samarqand shahrida bo'lib o'tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasiga bag'ishlangan targ'ibot tadbiri tashkil etildi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Londonda Samarqand shahrida bo'lib o'tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasiga bag'ishlangan targ'ibot tadbiri tashkil etildi



LONDON, 18-yanvar. /"Dunyo" AA/. Shu yilning 12-17-yanvar kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti delegatsiyasi amaliy safar bilan Buyuk Britaniyada bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Prorektor Komila Karimova boshchiligidagi delegatsiya Buyuk Britaniyaga tashrifi doirasida O'zbekiston elchixonasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar hamda yurtimiz madaniyati, san'ati, turizm salohiyatiga bag'ishlangan "O'zbekiston tarixi va madaniyati bo'ylab sayohat" mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

 

Unda Britaniya ilmiy-akademik, ekspert-tahlil va jamoat doiralari vakillari, ushbu mamlakatda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va "El-yurt umidi" jamg'armasi stipendiantlari ishtirok etdi.

 

O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov tadbirning ochilish qismidagi nutqida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, O'zbekiston va Britaniya o'rtasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari haqida so'zlab berdi.

 

O'zbekiston hukumati tomonidan respublikaning sarmoyaviy jozibadorligini oshirish, amalga oshirilayotgan yirik "yashil" investitsiyaviy loyihalar, xorijiy mamlakatlar bilan o'zaro manfaatli aloqalarni jadallashtirish, buyuk ajdodlarimiz ilmiy-ijodiy merosini o'rganish va targ'ib qilish yo'nalishlarida olib borilayotgan sa'y-harakatlar alohida ta'kidlandi.

 

Ishtirokchilar e'tiboriga O'zbekistondagi YUNESKO Umumjahon madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgan obyektlar haqidagi videofilm namoyish etildi. Filmda 2025-yilda Samarqandda bo'lib o'tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasiga tayyorgarlikning borishi, mazkur tadbirning tarixiy ahamiyati va yurtimizning boy sayyohlik salohiyatiga alohida e'tibor qaratilgan.

 

Tadbir yakunida O'zbekiston Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Yozuvchilar uyushmasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti vakillari ishtirokida madaniy dastur taqdim etildi.