Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Londonda Global o'zgarishlar instituti bilan amaliy hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Londonda Global o'zgarishlar instituti bilan amaliy hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi



LONDON, 18-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri, Global o'zgarishlar instituti (TBI) ijrochi raisi Toni Bler bilan bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Toni Bler 1997-2007-yillarda Buyuk Britaniya Bosh vaziri lavozimida ishlagan. 2016-yilda u dunyo mamlakatlari rahbarlari va hukumatlariga milliy strategik islohotlarni amalga oshirishda ko'maklashuvchi TBI notijorat tashkilotiga asos soldi.

 

Hozirda TBI xodimlari Amerika, Yevropa, Osiyo-Tinch okeani, Yaqin Sharq va Afrika mintaqasidagi 40 ta davlatda 200 dan ortiq faol loyihalar ustida ishlamoqda. Institut shtab-kvartirasi London shahrida joylashgan. Shuningdek, Bryussel, Vashington, Singapur, Abu-Dabi, Nayrobi va Akkrada ham uning filiallari mavjud.

 

Britaniya tomoni Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng-ko'lamli islohotlar va so'nggi yillar davomida respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda erishgan yutuqlari bilan batafsil tanishtirildi.

 

Toni Bler O'zbekistonda yuz berayotgan yangilanish va o'zgarishlarni yuqori baholab, TBI respublikaning tegishli tashkilotlari bilan hamkorlik o'rnatishdan manfaatdor ekanligini tasdiqladi.

 

Savdo-iqtisodiy, investitsiyalar, madaniyat va ta'lim sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirish istiqbollariga alohida e'tibor qaratildi.