Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Buyuk Britaniyaning yetakchi moliya instituti O'zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Buyuk Britaniyaning yetakchi moliya instituti O'zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor



LONDON, 21-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniyaning "Standard Chartered" banki bosh ijrochi direktori Saif Malik bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Suhbat avvalida Saif Malik O'zbekistonda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlarni, shu jumladan, moliya bozorlarini rivojlantirish, pul-kredit siyosati va tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash sohalarida amalga oshirilayotgan o'zgarishlarni yuqori baholadi. Uning aytishicha, "Standard Chartered" banki O'zbekiston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor.

 

Tomonlar London fond birjasida O'zbekistonning suveren yevrobondlarini joylashtirish, respublika banklari uchun imtiyozli kredit manbalarini ochib berish hamda mamlakat hududida "yashil" energetikani rivojlantirishga xalqaro moliya manbalarini jalb qilish masalalari bo'yicha fikr almashdilar.

 

Uchrashuv yakunida hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlarini batafsil muhokama qilish maqsadida joriy yanvar oyi oxirida Saif Malik boshchiligidagi "Standard Chartered" banki delegatsiyasining O'zbekistonga safarini uyushtirish va uning doirasida respublikaning bir qator vazirlik hamda idoralarida uchrashuvlar tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishildi.

 

"Standart Chartered" banki 1969-yilda tashkil etilgan. Moliya instituti Buyuk Britaniyaning yetakchi xalqaro bank guruhi hisoblanadi. Bank 60 dan ortiq davlatlarga moliyaviy xizmatlarni taqdim etadi.