Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Britaniya kompaniyasi O'zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xalqaro standartlar asosida sertifikatlashga ko'maklashadi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Britaniya kompaniyasi O'zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xalqaro standartlar asosida sertifikatlashga ko'maklashadi



LONDON, 23-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniyaning "Intertek" kompaniyasining hukumat va savdo xizmatlari bo'yicha bosh menejeri Irina Berenvald bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

"Intertek Group plc" 1885-yilda London shahrida tashkil etilgan. Kompaniya o'tgan davr mobaynida neft va gaz, energetika, avtomobil sanoati, qurilish, elektronika, oziq-ovqat sanoati, tibbiyot va boshqa sohalarda mahsulot va xizmatlar sifatini nazorat qilish, xavfsizligini ta'minlash va standartlashtirish sohasida jahondagi yetakchilardan biri sifatida nom qozondi. Uning 100 dan ortiq mamlakatlarda mingdan ortiq ofislari, laboratoriyalari va sertifikatsiya markazlari mavjud.

 

Muloqot chog'ida mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksport hajmini oshirish maqsadida "Intertek" kompaniyasi bilan hamkorlikda xalqaro standartlar asosida sertifikatlash, yorliqlash va o'rash bo'yicha hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

 

Irina Berenvald 2024-yilda Toshkent qilgan amaliy safari yakunlarini yuqori baholadi. U, shuningdek, "Intertek" kompaniyasi va O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi texnik jihatdan tartibga solish agentligi o'rtasida imzolangan Hamkorlik memorandumni amalga tadbiq etish bo'yicha muzokaralarni davom ettirishga qiziqish bildirdi.

 

Uchrashuv yakunida O'zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va "Intertek" kompaniyasi o'rtasida onlayn muzokaralar tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishildi.