Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Buyuk Britaniyaning yetakchi ixtisoslashgan nashri O'zbekiston sayyohlik salohiyatini targ'ib qiladi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Buyuk Britaniyaning yetakchi ixtisoslashgan nashri O'zbekiston sayyohlik salohiyatini targ'ib qiladi



LONDON, 28-yanvar. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi diplomatlari Buyuk Britaniyaning turizm jabhasini yoritishga ixtisoslashgan "Wired For Adventure" jurnali menejeri Viki Nil bilan onlayn uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Muloqot chog'ida mazkur jurnal jamoasi bilan birgalikda O'zbekistonning sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan turkum maqolalar chop etish orqali mamlakatimiz turizm imkoniyatlari Buyuk Britaniyada ommalashtirish masalalari muhokama qilindi.

 

 Jurnal menejeri O'zbekistonda so'ngi yillarda turizm sohasi rivojlanishida amalga oshirilayotgan ishlar, dunyoning aksariyat davlatlari fuqarolari uchun vizasiz rejim, bir qancha xorijiy mamlakat pasport egalari uchun elektron viza tizimi, modernizatsiya qilingan mehmonxonalar haqidagi ma'lumotlar bilan tanishtirildi.

 

Viki Nil o'z navbatida, so'nggi yillarda O'zbekistonda turizm sohasini jadal rivojlantirish, uning raqobatbardoshligi va taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, shuningdek, jahon bozorlarida milliy turistik mahsulotlarni targ'ib qilish borasida olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.

 

Uchrashuv yakunida tomonlar "Wired For Adventure" jurnali bilan hamkorlikda "O'zbekiston haqida birinchi manba" va "Wired For Adventure bilan O'zbekiston navbatdagi sayohat manzilingiz" sarlavhali maqolalarni chop etish bo'yicha kelishuvga erishildi.

 

 "Wired For Adventure" jurnaliga 1994-yilda asos solingan. Nashr 30 yildan ortiq vaqt davomida dunyoning eng yirik sayyohlik brendlari va faol sayyohlik yo'nalishlarini bosma va raqamli media kanallari orqali targ'ib qilib kelmoqda.