Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Londonda O'zbekiston va Britaniya o'rtasida maktablararo qo'shma dasturlarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Londonda O'zbekiston va Britaniya o'rtasida maktablararo qo'shma dasturlarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi



LONDON, 30-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniyaning "Haven High Academy" davlat ta'lim muassasasi ijrochi direktori Ostin Sheppard bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Muloqot davomida maktab ijrochi direktori O'zbekistonda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va yoshlarning sifatli ta'lim olishi uchun yaratib berilayotgan sharoitlarni yuqori baholadi.

 

Ostin Sheppard "Haven High Academy" ta'lim muassasasi hozirgi kunda O'zbekiston tomoni bilan birgalikda maktablararo almashinuv dasturini ishlab chiqayotganini bildirdi.

 

Dastur tomonlarning kelishuviga ko'ra, bir haftalik, o'n kunlik yoki ikki haftalik muddatlarda tashkil etiladi. Loyiha ta'lim jarayonlari bilan birga qabul qiluvchi mamlakatning madaniy va tarixiy yodgorliklari bo'ylab qisqa sayohatlarni qamrab oladi. Dastlabki bosqichda 5-15 nafar, keyingi davrda 20-30 nafar o'quvchilarning ishtiroki nazarda tutilgan.

 

"Mazkur dastur o'quvchilar va ularga hamrohlik qiluvchilarga O'zbekistonning boy tarixi va me'morchiligi bilan yaqindan tanishish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi. Shuningdek, o'zbekistonlik o'quvchilarga Buyuk Britaniyaning qiziqarli joylariga sayohat qilish imkonini taqdim etadi", - dedi Ostin Sheppard

 

"Haven High Academy" ta'lim muassasasi davlatga qarashli muassasa bo'lib, Angliyaning Linkolnshir grafligidagi Boston shaharchasida joylashgan. Ta'lim muassasasida 1459 nafar o'quvchi ta'lim olmoqda. O'quvchilarning aksariyati ingliz va rus tillarida mukammal so'zlashadi.