LONDON, 3-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Buyuk Britaniya Bosh vazirining milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi o'rinbosari Nik Katsaras bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Britaniya tomoniga Yangi O'zbekistonda jamiyat va davlat hayotining barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli o'zgarishlar haqida batafsil so'zlab berildi.
Suhbat chog'ida O'zbekiston – Buyuk Britaniya hamkorligining bugungi holati va uni yana-da rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Oliy va yuqori darajadagi siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni diversifikatsiya qilish, shuningdek, madaniy-gumanitar, xususan, ta'lim sohasida aloqalarni mustahkamlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Tomonlar yuqoridagi sohalarda o'zaro hamkorlikni kengaytirish bo'yicha mavjud salmoqli salohiyatni amalga oshirish bo'yicha amaliy qadamlarni muhokama qilish maqsadida diplomatik aloqalarni davom ettirish bo'yicha kelishuvga erishdilar.