Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Britaniyaning Uorik universiteti O'zbekistondagi yetakchi oliy o'quv yurtlari bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirmoqda - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

Britaniyaning Uorik universiteti O'zbekistondagi yetakchi oliy o'quv yurtlari bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirmoqda



O'zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniyaning Uorik universiteti (University of Warwick) prezidenti va rektori, professor Styuart Kroft bilan muzokaralar o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri. 

 

Uchrashuvda Britaniya universiteti bilan mamlakatimizning ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari o'rtasida uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o'rnatish istiqbollari muhokama qilindi.

 

Suhbat davomida Styuart Kroft O'zbekistonda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarni yuqori baholadi. Shuningdek, u birinchi navbatda huquq, xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot, informatika hamda ingliz tilini professional o'rganish yo'nalishlari bo'yicha mutaxassislar tayyorlaydigan O'zbekiston oliy o'quv yurtlari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishdan manfaatdorligini bildirdi.

 

Muzokaralar yakunida talabalar almashinuvi, "ikki tomonlama" diplom dasturlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, jumladan, davlat xizmatchilarining malakasini oshirish sohasida o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yishga kelishib olindi.