Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O'zbekiston va Buyuk Britaniya o'rtasidagi hududlararo savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

O'zbekiston va Buyuk Britaniya o'rtasidagi hududlararo savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi



Tashqi ishlar vazirligining Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik departamenti boshlig'i Oybek Shaxavdinov O'zbekiston delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga tashrifi doirasida Birmingem shahri lord-meri Lal Chaman bilan uchrashdi.

 

Suhbat chog'ida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hududlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar mazkur yo'nalishlarda hamkorlikni kengaytirishdan o'zaro manfaatdorlik bildirdilar.

 

Ta'lim sohasidagi o'zaro hamkorlikka alohida e'tibor qaratildi. Suhbatdosh o'zbekistonlik talabalarning Britaniya oliy ta'lim muassasalarida o'qishga bo'lgan katta qiziqishini olqishladi. Xususan, o'tgan davr mobaynida respublikamizning bir qator fuqarolari Birmingem oliy o'quv yurtlarini muvaffaqiyatli tamomladilar.

 

Lord-mer O'zbekistonga o'zaro maqbul sanada tashrif buyurishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

 

Uchrashuv yakunlari bo'yicha Birmingem va O'zbekiston shaharlarida ko'rgazmalar, yarmarkalar, madaniyat kunlari va boshqa qo'shma tadbirlarni tashkil etish bo'yicha ish olib borish to'g'risida kelishuvga erishildi.