Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Londonda Britaniya kompaniyasi tomonidan O'zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

Londonda Britaniya kompaniyasi tomonidan O'zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi



O'zbekiston elchixonasida Buyuk Britaniyaning «Paraglide Limited» va «Tashkent Cotton Textile» kompaniyalari vakili bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Britaniyaning «Paraglide Limited» kompaniyasi O'zbekistondagi «Tashkent Cotton Textile» klasteri ta'sischisi hisoblanadi.

Kompaniya vakili 2023-yilda «Paraglide Limited» tomonidan «Tashkent Cotton Textile» klasterida ip-kalava ishlab chiqarish loyihasining birinchi bosqichi yakunlanganini bildirdi.

 

Ta'kidlanishicha, hozir kunda ushbu loyihaning ikkinchi bosqichi amalga oshirilmoqda. Ushbu bosqichda maishiy to'qimachilik va tikuvchilikda qo'llaniladigan matolar tayyorlash maqsadida zamonaviy to'quv va trikotaj korxonasi tashkil etilyapti. Uchinchi bosqichda esa ko'ylak, shim, sochiq, pol qoplamalari, choyshablar va boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish loyihasi hayotga tadbiq etiladi.

Elchixona ma'lumotiga ko'ra, «Tashkent Cotton Textile» yiliga 30 ming tonnaga yaqin paxta tolasini qayta ishlashga mo'ljallangan zamonaviy ip-kalava yigirish korxonasi hisoblanadi.