Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Qadimiy Samarqand shahrining boy merosi Buyuk Britaniya OAV diqqat markazida - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

Qadimiy Samarqand shahrining boy merosi Buyuk Britaniya OAV diqqat markazida



Buyuk Britaniyaning yetakchi «Daily Express» va «Sunday Express» gazetalarining elektron portali - "Express.co.uk"da Samarqand shahrining sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Nashrda Samarqand dunyodagi eng go'zal maskanlardan biri sifatida ta'kidlangan.

 

«Samarqand merosi zamonlar va asrlar bilan chambarchas bog'liq bo'lib, bu qadimiy shaharning rang-barang va boy tarixini o'rganishga intilayotganlar uchun tashrif buyurish zarurligini bildiradi, - deyiladi maqolada. - Shahar Yevropaning mashhur yo'nalishlari kabi ko'plab sayyohlarni jalb qilmasa ham, dunyodagi eng go'zal shaharlardan biri sifatida tan olingan».

 

Britaniya nashrida qayd etilishicha, tarixiy ahamiyatga ega qadimiy Samarqand turli madaniyatlar chorrahasi bo'lib ham xizmat qiladi.

 

«Ushbu tarixiy shahar o'zining boy madaniy merosidan dalolat beruvchi ko'plab yirik yodgorliklariga ega, - deya davom etadi muallif. –Mahobatli Registon maydoni, Bibixonim masjidi, maftunkor Shohi Zinda ansambli, Amir Temur maqbarasi, Mirzo Ulug'bek rasadxonasi va boshqalar ana shunday bebaho inshootlar sirasiga kiradi».

 

Britaniya portalida joylashtirilgan maqolada, shuningdek, o'zbek milliy oshxonasining shoh taomlari – palov haqidagi ma'lumotlar ham taqdim etilgan.