Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
London shahrida O'zbekistonda islohotlar dasturining natijadorligini oshirish bo'yicha hamkorlikdagi rejalar muhokama qilindi - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

London shahrida O'zbekistonda islohotlar dasturining natijadorligini oshirish bo'yicha hamkorlikdagi rejalar muhokama qilindi



Mamlakatimiz elchisi Ravshan Usmonov O'zbekiston Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo'yicha maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Muloqot chog'ida O'zbekistonda islohotlar dasturining natijadorligini oshirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish bo'yicha birgalikdagi rejalar muhokama qilindi.

 

Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirish, davlat boshqaruvini o'zgartirish va samaradorligini oshirish, jamiyat hayotining barcha jabhalarini raqamlashtirish, qulay sarmoyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga alohida e'tibor qaratildi.

 

Buyuk Britaniya akademik hamjamiyatining Markaziy Osiyodagi jarayonlardan xabardorligini oshirish maqsadida O'zbekistonda ta'lim sifatini oshirish, ikki mamlakatning yetakchi universitetlari va ilmiy markazlari o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko'rib chiqildi.