Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Britaniya ishbilarmon va ilmiy doira vakillari bilan O'zbekistonda farmatsevtika sanoati istiqbollari muhokama qilindi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Britaniya ishbilarmon va ilmiy doira vakillari bilan O'zbekistonda farmatsevtika sanoati istiqbollari muhokama qilindi



9-fevral kuni O'zbekistonning Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi rahbariyati tomonidan Britaniya ishbilarmon va ilmiy doiralari, Biznes va savdo vazirligi vakillari ishtirokida onlayn muloqot o'tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Tadbir davomida hozirda respublikada farmatsevtika sanoatidagi muhim islohotlar hamda uning imkoniyatlari haqida so'z bordi.

 

Muloqotda farmatsevtika sanoati haqida ahamiyatli ma'lumotlar, biznes istiqbollarini o'rganish, o'zaro fikr almashish, hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 

Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov tomonidan farmatsevtika sanoatida ham muhim islohotlar amalga oshirilayotgani, bundan tashqari, xorijiy investorlar uchun taqdim etilayotgan imkoniyat va afzalliklar shuningdek, boshqa mavzular yuzasidan ma'lumotlar berildi.

 

Onlayn muloqotda Buyuk Britaniyaning "Hamdo'stlik dorixonalar assotsiatsiyasi" (Commonwealth Pharmacy Association) mutaxassislari O'zbekiston farmatsevtika sanoati ular uchun alohida qiziqish uyg'otayotgani haqida fikr bildirdi.

 

Tadbirda Britaniyaning Sunderland va De Montfort universitetlarining rahbar xodimlari ham faol ishtirok etib, farmatsevtika ta'limi yo'nalishida hamkorlik aloqalarini yana-da rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini   bildirdi.