Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Britaniya kompaniyalari O'zbekistondagi grafit konlarini o'zlashtirishga qiziqish bildirmoqda - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

Britaniya kompaniyalari O'zbekistondagi grafit konlarini o'zlashtirishga qiziqish bildirmoqda



O'zbekiston elchixonasida «Uzbekistan Business Consultants» kompaniyasi boshqaruvchi direktori Piter Margeytts bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilayapti "Dunyo" AA muxbiri.

 

Muloqot chog'ida O'zbekiston tomoni bilan hamkorlik aloqalarini jadallashtirish, qo'shma loyihalarni amalga oshirish, yurtimizga xorijiy sarmoyalarni jalb etish masalalari xususida fikr almashildi.

 

Piter Margeytts Britaniya kompaniyalari O'zbekistonda grafit konlarini izlab topish, ushbu jabhada yangi loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirayotganini ma'lum qildi. Uning aytishicha, 2-fevral kuni Qashqadaryo viloyatiga buyurgan ishchi safari juda samarali kechgan. «Safar davomida Qashqadaryo viloyati hokimligi vakillari bilan muzokaralar o'tkazdik. Shuningdek, O'zbekistondagi konlarda davlat xususiy sheriklik asosida hayotga tadbiq etiladigan sarmoyaviy loyihalar taqdimoti bilan tanishdim», dedi u.

 

Uchrashuv yakunida mazkur sohada investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish bo'yicha muloqotlarni davom ettirish to'g'risida kelishib olindi.

 

«Uzbekistan Business Consultants» kompaniyasi Britaniyada ro'yxatga olingan. Kompaniya O'zbekiston va MDH davlatlarida savdo, investitsiyalar sohalarida konsalting xizmatlarni ko'rsatishga ixtisoslashgan.