Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Buyuk Britaniyaning tog'-kon sanoati bo'yicha delegatsiyasi O'zbekistonga tashrif buyurdi - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

Buyuk Britaniyaning tog'-kon sanoati bo'yicha delegatsiyasi O'zbekistonga tashrif buyurdi



9-16-fevral kunlari Buyuk Britaniyaning konchilik sanoati bo'yicha delegatsiyasi O'zbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Delegatsiya tarkibidan Britaniya savdo-sanoat vazirligi hamda "Weir minerals", "WOOD Plc", "MSA Minerals", "MMD Mineral Sizing" va "SRK Consulting" kabi yirik kompaniyalar vakillari o'rin oldi.

 

Tashrif davomida xorijiy mehmonlar tomonidan O'zbekiston Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida tog'-kon sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

 

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga amalga oshirilgan tashrif mobaynida kombinat rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazildi. Suhbat davomida bugungi kunda O'zbekiston va Buyuk Britaniya o'rtasidagi o'zaro manfaatli aloqalarga to'xtalib, ko'plab jabhalarda, xususan konchilik va metallurgiya sanoatida ham bu ikki davlatning o'zaro do'stona hamkorligi haqida aytib o'tildi.

 

Britaniya delegatsiyasi tashrif yakunlari bo'yicha Qalmoqqir konining kuzatuv maydoniga hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati negizida bunyod etilayotgan 3-mis boyitish fabrikasiga bordilar.

 

Shu jumladan, tashrif doirasida "SRK Consulting" xalqaro kompaniyasi hamda OKMK hamkorligida Qalmoqqir va Yoshlik-1 konlarida xalqaro standartlarga muvofiq geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, shuningdek, zaxiralar bo'yicha aniq hisobotlar taqdim etildi.