Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O'zbekiston milliy mahsulotlari Buyuk Britaniyaning London va Birmingem shaharlarida o'tkazilgan xalqaro ko'rgazmalarda namoyish etildi - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

O'zbekiston milliy mahsulotlari Buyuk Britaniyaning London va Birmingem shaharlarida o'tkazilgan xalqaro ko'rgazmalarda namoyish etildi



O'zbekistonning «Samo Art Academy LLC» kompaniyasi hunarmandlari Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida o'tkazilgan «Bahor — 2024» va London shahrida bo'lib o'tgan «Pure London» xalqaro ko'rgazmalarida ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Birmingem shahrida har yili o'tkaziladigan "Bahor" ko'rgazmasi 35 mingdan ziyod mehmonlarni o'zida jamlaydi va 1400 dan ziyod eksponatlarni ommaga e'tiboriga taqdim qiladi.

 

1998-yildan buyon yilida ikki marotaba tashkil etiladigan «Pure London» xalqaro ko'rgazmasi esa Yevropaning eng yirik moda va dizayn tadbirlaridan biridir. Joriy yilgi ko'rgazma ham dunyoning 800 dan ortiq brend va kutyuryelarini o'zida jamladi.

 

"Handmade" usulida charm-attorlik buyumlari, aksessuarlarni tayyorlab kelayotgan «Samo Art Academy LLC» brendi mazkur ko'rgazmalarda o'zbek milliy hunarmandchilik mahsulotlari va xalqimizning boy an'analarini namoyish etdi. Aynan shu jihat xalqaro hamkorlarni mazkur o'zbek brendi bilan muzokaralar o'tkazishga undadi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Uchrashuvlarda eksport imkoniyatlari, yangi buyurtmalar, dizayn masalalari atroflicha muhokama qilindi.

 

Xalqaro ko'rgazmalar doirasida nafaqat yangi kolleksiyalar bilan tanishish va foydali shartnomalar tuzish, balki moda industriyasining taniqli vakillarining o'z brendini targ'ib etish va uni olib kirish bo'yicha panel sessiyalarda qatnashish imkoni yaratildi.

 

Sessiyalar davomida xalqaro bozorga kirish, muvaffaqiyatli kompaniya imijini yaratish kabi mavzularda turli fikrlar bildirildi.

 

Qayd etish kerakki, «Bahor —2024» ko'rgazmasi va «Pure London» xalqaro moda ko'rgazmasi «Samo Art Academy LLC» kompaniyasi vakillari uchun manfaatli shartnomalar imzolash va Yevropadan yangi hamkorlar topish uchun muhim biznes maydoni bo'lib xizmat qildi.