Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Britaniya oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan "El-yurt umidi" jamg'armasi stipendiatlari bilan onlayn muloqot o'tkazildi - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

Britaniya oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan "El-yurt umidi" jamg'armasi stipendiatlari bilan onlayn muloqot o'tkazildi



O'zbekiston elchixonasi xodimlari "El-yurt umidi" jamg'armasi ijrochi direktori Adham Bekmurodov bilan onlayn uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar qilayapti "Dunyo" AA muxbiri.

 

Muloqotda, shuningdek, jamg'arma mas'ul xodimlari hamda xorijiy nufuzli universitet va ilmiy markazlarda ta'lim olayotgan stipendiatlar qatnashdi.

 

Unda jamg'arma rahbariyati va stipendiatlari bilan doimiy muloqotni davom ettirish, stipendiatlarda vatanparvarlik tuyg'usini oshirish, ularda milliy qadriyatlarini rivojlantirish, ularning kelgusi rejalari bilan tanishish, shuningdek, zarur hollarda huquqiy yordam ko'rsatish masalalari ko'rib chiqildi.

 

Jamg'arma tomonidan bugungi kunda 120 nafar stipendiat Buyuk Britaniyaning global akademik reytinglarda TOP-300 talikka kirgan University College London, Imperial College London, Columbia University, Cornell University va boshqa nufuzli universitetlarda mamlakatimiz uchun ustuvor hisoblangan mutaxassisliklar bo'yicha o'qishni davom ettirmoqda.

 

Jamg'arma rahbariyati tomonidan stipendiatlar uchun yaratib berilayotgan qo'shimcha imkoniyatlar, ularning zamonaviy bilim va ko'nikmalarni egallashlari uchun davlat byudjetidan muntazam va barqaror mablag' ajratilayotgani, shuningdek, nufuzli universitetlar va ta'lim tashkilotlari bilan ikki tomonlama aloqalar yo'lga qo'yilgani ta'kidladi.

 

Muloqot davomida stipendiatlar uchun davlatlar kesimida "Sardor"lar tayinlash va ularning vakili sifatida faoliyat olib borish masalalari ham muhokama qilindi.

 

Jamg'arma stipendiatlariga o'zi ta'lim olayotgan xorijiy universitetlarida O'zbekistonning ijobiy imijini yanada oshirish yuzasidan taqdimotlar hamda davra suhbatlarini mamlakatimiz elchixonasi bilan hamkorlikda o'tkazish taklifi bildirildi.

 

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar ushbu shakldagi faol muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.