Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O'zbekiston va Buyuk Britaniya bilan milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish borasidagi hamkorlik jadallashtiradi - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

O'zbekiston va Buyuk Britaniya bilan milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish borasidagi hamkorlik jadallashtiradi



Mamlakatimizning Londondagi diplomatik vakolatxonasi ko'magida O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va Buyuk Britaniya Milliy statistika idorasi xodimlari o'rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.



Unda xalqaro sifat modellarini joriy etish va milliy statistik registrlarni yuritish bo'yicha tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

 

Buyuk Britaniya Milliy Statistika idorasi (ONS) mamlakatdagi iqtisodiyot, demografiya, atrof-muhit, jinoyatchilik, turizm, ta’lim va siyosiy vaziyat haqida milliy va mintaqaviy statistik ma’lumotlarni yig'uvchi va qayta ishlovchi organ hisoblanadi. ONS 1996-yilda Markaziy Statistika boshqarmasi hamda Aholini ro'yxatga olish va o'rganish boshqarmasi qo'shilishi natijasida tashkil etilgan.

 

Muloqot davomida agentlik vakillari Buyuk Britaniya tomonini Xalqaro sifat menejmenti va yuritish tizimlarini joriy etish hamda statistika registrlariga tizimli xizmat ko'rsatish amaliyoti va xorijiy hamkorlarning korxonalar statistika registrlarni yuritish tajribasi bilan tanishtirdi.

 

Britaniya Milliy statistika idorasi vakillari o'z navbatida, O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi bilan hamkorlik o'rnatish, o'zbek mutaxassislarini stajirovkaga qabul qilish va treninglar o'tkazish uchun o'z vakillarini mamlakatimizga yuborishga tayyorligini bildirdi.