Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O'zbekiston elchixonasi Buyuk Britaniyadagi vatandoshlar bilan birgalikda "Yashil Buxoro" loyihasini amalga oshirdi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

O'zbekiston elchixonasi Buyuk Britaniyadagi vatandoshlar bilan birgalikda "Yashil Buxoro" loyihasini amalga oshirdi



Buyuk Britaniyada vaqtincha yashayotgan va ishlayotgan vatandoshlar ishtirokida Buxoro shahridagi Shayxul olam jome masjidi yaqinidagi Fatxobod bog'iga "Yashil Buxoro" — ko'chat ekish aksiyasi o'tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.



"Yashil Buxoro" loyihasi Buyuk Britaniyadan kelgan vatandoshlar, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) xodimlari, Kembrij universiteti olimlari, shuningdek, Landshaft dizayni assotsiatsiyasi va O'zbekistonning Londondagi elchixonasi vakillari hamkorligida amalga oshirdi.

 

Toshkent, London va YTTBdagi homiylar tomonidan qo'llab-quvvatlangan va 100 ming dollardan ortiq mablag' jalb etilgan mazkur tashabbus Buxoroni «yashil» shaharga aylantirishga munosib hissa qo'shdi.

 

Buxoro viloyat va shahar hokimligi rahbarligida loyihani saqlash va rivojlantirish bo'yicha barcha zarur chora-tadbirlar ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Daraxtlar, butalar va o'simliklar ekish uchun joyni tanlash, shuningdek, tanlangan hududlarda qurilish va daraxt kesishni taqiqlashni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

 

Loyiha davomida jami 6000 ga yaqin daraxt, buta va o'simliklar ekilgan bo'lib, bu aksiya ishtirokchilarining ekologik barqarorlikni ta’minlash va tabiiy muhitni muhofaza qilishga qo'shgan katta hissasini namoyish etdi.

 

Vatandoshlar "Yashil Buxoro" loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilganidan so'ng O'zbekistonning boshqa hududlarida ham ekologik bog'lar barpo etish tashabbusi bilan chiqishni rejalashtirmoqda.