Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
"The Telegraph": Toshkent metrosi yer osti san'at asaridir - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

"The Telegraph": Toshkent metrosi yer osti san'at asaridir



Buyuk Britaniyaning ommabop kundalik nashrlaridan biri "The Telegraph" gazetasida Toshkentning diqqatga sazovor joylari haqida maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

"Toshkentning bosh maydoniga yaqin joy — "O'zbekiston" mehmonxonasiga joylashdik, – deydi maqola muallifi Kristofer Binland. – Derazadan zamonaviy Tashkent City hamda 1976-yilda qurilgan Milliy sirkning ulkan moviy gumbazi ko'rinib turardi".

 

Nashrda, shuningdek, "Kosmonavtlar" metro bekati tasvirlangan: "devorlar kosmonavtlarga ehtirom ila bezatilgan. Ko'zim kosmosga uchgan birinchi ayol — Valentina Tereshkovaning relyefiga tushdi. Toshkent metrosi yer osti san'at asaridir".

 

Jurnalistning fikricha, Toshkent va Birmingem ko'p jihatdan bir-biriga o'xshash, ularning har ikkisi ham 1960-yillarda butunlay qayta qurilgan.

 

"Ehtimol, o'rta asr arxitekturasi dizaynini e'tiborga olish va targ'ib qilish kerakdir. Negaki, ushbu davr arxitekturasi namunalari haqiqatan ham ajoyib yodgorliklar hisoblanadi", – deya xulosa qiladi muallif.