Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O'zbekistonda amalga oshirilayotgan xalqchil islohotlarning mazmun-mohiyati Kembrijda taqdim etildi - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

O'zbekistonda amalga oshirilayotgan xalqchil islohotlarning mazmun-mohiyati Kembrijda taqdim etildi



Buyuk Britaniyaning Kembrij universitetida "O'zbekistonda islohotlarni amalga oshirishda xalqaro hamkorlikning ahamiyati" mavzusida xalqaro seminar bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Gibrid formatda bo'lib o'tgan anjumanda Markaziy Osiyo masalalariga ixtisoslashgan ilmiy va akademik doira vakillari ishtirok etdi. O'zbekiston tomonidan tadbirda "Taraqqiyot strategiyasi" markazi direktori Eldor Tulyakov onlayn tarzda ma’ruza bilan qatnashdi.

 

Unda O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar, shuningdek, bu boradagi xalqaro hamkorlikning ahamiyati muhokama qilindi.

 

Eldor Tulyakov o'z ma’ruzasida, O'zbekistonda fuqarolar, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan yangi qonun hujjatlariga batafsil to'xtaldi. U, shuningdek, O'zbekistonning demokratik jamiyat qurish va qonun ustuvorligini mustahkamlashga intilishining dalili sifatida fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining rivojlanishiga oid ma’lumotlarni alohida ta’kidladi.

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish, xorijiy investorlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida ko'rilayotgan chora-tadbirlarga e’tibor qaratildi. O'zbekistonda islohotlarni yanada muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun xalqaro hamkorlar bilan konstruktiv aloqalarning muhimligi qayd etildi.

 

Britaniya akademik doira vakillariga, shuningdek, 2022-2026-yillarga mo'ljallagan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va "O'zbekiston —2030" strategiyasining mazmun-mohiyati haqida ham batafsil ma’lumot berildi.