Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O'zbekiston va Buyuk Britaniya o'rtasida bojxona sohasidagi hamkorlik yangi pog'onaga ko'tarilmoqda - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

O'zbekiston va Buyuk Britaniya o'rtasida bojxona sohasidagi hamkorlik yangi pog'onaga ko'tarilmoqda



LONDON, 10-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bojxona qo'mitasi raisi Akmalxo'ja Mavlonov boshchiligidagi delegatsiya London shahriga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Tashrif doirasida mamlakatimiz delegatsiyasi Gatvik xalqaro aeroportida bo'lib, mazkur aeroportning chegara-bojxona xizmati mintaqaviy direktori Tim Kingsberri bilan uchrashuv o'tkazdi.

 

Gatvik xalqaro aeroporti va Bojxona qo'mitasining istiqboldagi rejalari juda o'xshash bo'lib, 2-3 yil ichida bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonlarida sun'iy intellektning ishtirokini kuchaytirish nazarda tutilgan.

 

Tashrifning yana bir obyekti — "Metropoliten" politsiya va bojxona xizmati itlarini tayyorlash markazi bo'ldi.

 

Markazda mavjud infrastruktura, xizmat itlarini tayyorlash metodikasi, ularni portlovchi va giyohvand vositalarni izlab topishga o'rgatish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.

 

E'tiborli tomoni shundaki, O'zbekiston Bojxona qo'mitasi Milliy kinologiya markazining 4 nafar murabbiysi hozirda Britaniyadagi "Surrey" politsiya kinologiya o'quv markazida malaka oshirmoqda.

 

YXHT ko'magida tashkil etilgan kurs yakunida markazda tayyorlangan 4 ta xizmat itini O'zbekiston bojxona xizmatiga beg'araz taqdim etish nazarda tutilgan.

 

Shuningdek, Bojxona qo'mitasi delegatsiyasi Britaniyaning Qirollik bojxona xizmati, Tashqi ishlar vazirligi vakillari bilan ham uchrashuvlar o'tkazdi.