Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O'zbekiston Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi tashabbusi bilan London shahrida "Ipak yo'li" ko'rgazmasi ochildi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

O'zbekiston Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi tashabbusi bilan London shahrida "Ipak yo'li" ko'rgazmasi ochildi



LONDON, 27-sentabr. "Dunyo" AA/. O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi va Britaniya muzeyi hamkorligida London shahrida "Ipak yo'li" ko'rgazmasining ilk taqdimoti o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Tadbirda Buyuk Britaniya ilmiy-akademik doiralari va diplomatik korpus rahbarlari hamda ushbu mamlakatda istiqomat qilayotgan vatandoshlar ishtirok etdi.

 

Ko'rgazmada O'zbekistondan olib kelingan 14 ta noyob eksponatlar mamlakatimizning boy madaniy merosini va uning Ipak yo'li tarixidagi tutgan muhim o'rnini aks ettiradi.

 

Unda respublika muzey kolleksiyalaridan keltirilgan eng noyob eksponatlar namoyish etilmoqda. Ular orasida Afrosiyob va Varaxshaning devor rasmlari, Kofir-qal'aning kuygan yog'och eshiklari va So'g'd davriga oid eksponatlar bor.

 

Tadbir doirasidagi muloqotlar davomida Britaniya muzeyi negizida O'zbekiston madaniyatini yuksaltirish, shuningdek, ikki mamlakat muzeylari o'rtasida doimiy hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.

 

Britaniya muzeyi rahbariyati O'zbekiston bilan har tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish va kengaytirishdan manfaatdor ekanligini ta'kidladi.

 

Taqdimot doirasida ishtirokchilar respublikada amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar hamda O'zbekiston va Britaniya o'rtasidagi munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari bilan batafsil tanishdilar. Shuningdek, xorijiy tomonga O'zbekiston rahbariyati tomonidan olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar, jumladan madaniyat va san'atni rivojlantirish, ajdodlarimizning ilmiy-ijodiy merosini o'rganish va asrash yo'nalishlarida olib borilayotgan sa'y-harakatlar haqida so'zlab berildi.

 

Ko'rgazma taqdimoti ishtirokchilarga juda katta qiziqish uyg'otdi. Rasmiy tadbirdan keyin bo'lib o'tgan ilmiy muhokamalarda xorijiy mehmonlarning faol ishtirok shundan dalolat beradi.

 

Ko'rgazma 2024-yil 26-sentabrdan 2025-yil 23-fevralga qadar davom etadi.

 

Britaniya muzeyi dunyodagi eng qadimgi, eng katta va eng ko'p tashrif buyuriladigan muzeylardan biridir. Muzeyga 1753 yilda qirollik shifokori va san'at kollektori Xans Sloan tomonidan asos solingan va u o'z kolleksiyasini davlatga vasiyat qilib qoldirgan. E'tiborlisi, muzey ko'rgazmalarida umumiy uzunligi 4 km bo'lgan 94 ta galereya mavjud. Hozir kunda Britaniya muzeyi qadimiy dunyoning hashamatli kolleksiyalariga ega jahondagi eng yirik tarixiy va arxeologik madaniy maskan hisoblanadi. Har yili mazkur muzeyga salkam 6 million kishi keladi.