Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Buyuk Britaniya Parlamenti Jamoatlar palatasi spikeri rasmiy London O'zbekiston bilan barcha jabhalarda aloqalarni kengaytirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Buyuk Britaniya Parlamenti Jamoatlar palatasi spikeri rasmiy London O'zbekiston bilan barcha jabhalarda aloqalarni kengaytirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi



LONDON, 18-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniya Parlamenti Jamoatlar palatasi spikeri Lindsi Xoyl bilan uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Suhbat davomida xorijiy tomon Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng-ko'lamli islohotlar va so'nggi yillar davomida respublikaning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda erishgan yutuqlari hamda yaqinda davlat vakillik organlariga bo'lib o'tadigan saylovlarga tayyorgarlik jarayoni bilan batafsil tanishtirildi.

 

Britaniya Parlamenti spikeri O'zbekistonda yuz berayotgan yangilanish va o'zgarishlarni ijobiy baholab, Londonni Toshkent bilan barcha jabhalarda aloqalarni kengaytirishdan manfaatdor ekanligini ta'kidladi.

 

Parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan Britaniya Parlamentining yangi a'zolari bilan aloqalarni jadallashtirish masalalari bo'yicha fikr almashildi.

 

Uchrashuv yakunida ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish uchun mavjud salohiyatni ro'yobga chiqarish bo'yicha amaliy aloqalarni davom ettirish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Ta'kidlash kerakki, Buyuk Britaniya parlamenti ikki palatali bo'lib, Lordlar palatasi (yuqori palata) va Jamoatlar palatasidan (quyi palata) iborat.

 

Lordlar palatasi a'zolari saylanmaydi. Ular o'z vakolatlarini meros orqali yoki monarx tomonidan beriladi. Bugungi kunda Lordlar palatasida 804 a'zo bor.

 

Jamoatlar palatasi xalq tomonidan besh yil muddatga saylanadigan 650 deputatdan iborat. Palataning har bir a'zosi o'zi aholisining manfaatlarini ifodalashi kerak bo'lgan muayyan saylov okrugidan saylanadi. Quyi palata asosiy qonun ijodkorligi va hukumat faoliyati ustidan parlament nazorati funksiyalarini amalga oshiradi.