Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Britaniyaning Meydston shahri va Kent grafligida bo'lib turgan yurtdoshlarimiz bo'lajak saylovda muddatidan oldin ovoz berdilar - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

Britaniyaning Meydston shahri va Kent grafligida bo'lib turgan yurtdoshlarimiz bo'lajak saylovda muddatidan oldin ovoz berdilar



LONDON, 19-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Londondagi elchixonasi huzuridagi 9–saylov uchastkasi komissiya a'zolari tomonidan muddatidan oldin ovoz berish nuqtalari Britaniyaning Meydston shahri va Kent grafligida tashkil etildi, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

 

Ovoz berish ko'chma nuqtalarida O'zbekiston Markaziy saylov komissiyasi qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan barcha sharoitlar yaratildi.

 

Oldindan ovoz berish jarayonlarida mazkur mintaqalarda qishloq xo'jaligi shirkatlarida ish faoliyati bilan band bo'lgan yurtdoshlarimiz ishtirok etishdi.

 

Ular o'z konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanish uchun yaratib berilgan shart-sharoitlarga minnatdorlik bildirgan holda, Vatandan uzoqda bo'lishlariga qaramay ularning ovozlari inobatga olinayotganidan mamnun ekanliklarini ta'kidlashdi.