Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O'zbekiston Ishchi guruhi Buyuk Britaniyaning savdo-iqtisodiy sohadagi ilg'or tajribasini o'rgandi - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

O'zbekiston Ishchi guruhi Buyuk Britaniyaning savdo-iqtisodiy sohadagi ilg'or tajribasini o'rgandi



LONDON, 23-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, davlatimiz rahbari huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil devoni vakillaridan iborat respublika Ishchi guruhi 13-19-oktabr kunlari tashrif bilan London shahrida bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Xizmat safari davomida, Ishchi guruh Buyuk Britaniya Biznes va savdo vazirligi, Eksportni moliyalashtirish agentligi, Eksport va xalqaro savdo bo'yicha malakali instituti, Standartlar instituti, Eksportchilari uyushmasi, Savdo palatasi va Savdo muhofazasi idorasi hamda Britaniya-Osiyo biznes kengashi rahbariyati bilan uchrashuvlar o'tkazdi va ushbu tashkilotlarning davlat savdo-iqtisodiy siyosatidagi o'rnini o'rgandi.

 

 Shuningdek, ikki davlat o'rtasida umumiy savdo aylanmasini oshirish, respublikaga investitsiyalar, grant va texnik ko'makni jalb qilish bo'yicha qo'shma sa'y-harakatlarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

 

Tashrif yakunida ikki mamlakat o'rtasidagi savdo hajmini kengaytirish bo'yicha hamkorlikni jadallashtirish, tashqi savdoni tartibga solish tartib-taomillarni takomillashtirish sohalarida o'zaro tajriba almashish, qo'shma tahliliy marketing o'rganishlarni tashkil etish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.