LONDON, 27-oktabr. /"Dunyo" AA/. Buyuk Britaniyadagi mamlakatimiz diplomatik vakolatxona huzurida tashkil etilgan 9-saylov uchastkasida O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida ovoz berish boshlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Saylov uchastkasi mahalliy vaqt bilan soat 8.00 da uchastka saylov komissiyasi a'zolari, ilk saylovchilar va Buyuk Britaniya oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan faol talabalar hamda vatandoshlar ishtirokida ochildi.
Bu yerda hamyurtlarimizning o'z konstitutsiyaviy huquqlarini to'liq amalga oshirishi uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilgan.
Jumladan, 700 nafar fuqarolarimizning ro'yxati shakllantirilgan. Ularga saylovdan oldin siyosiy partiyalar dasturlari to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.