Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Londonda O'zbekiston yoshlari va Britaniyaning nufuzli tashkiloti vakillari ishtirokida ochiq muloqot o'tkazildi - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

Londonda O'zbekiston yoshlari va Britaniyaning nufuzli tashkiloti vakillari ishtirokida ochiq muloqot o'tkazildi



LONDON, 18-noyabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasida "Deecon Consulting" kompaniyasi bilan birgalikda Buyuk Britaniyaning nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan o'zbekistonlik talaba yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

"Deecon Consulting" kompaniyasi Londonda ta'sis etilgan bo'lib, uning asosiy vazifasi telekommunikatsiya, energetika, transport, qurilish hamda qayta tiklanadigan energiya va infratuzilma investitsiyalari bo'yicha maslahat va tadqiqot olib borishda iborat. Shuningdek, xalqaro moliya tuzilmalari va nufuzli kompaniyalardan kapital jalb qilish bo'yicha konsalting xizmatlarini ko'rsatadi.

 

Mazkur uchrashuv O'zbekiston fuqarolari bo'lgan talabalar va yoshlar bilan doimiy muloqotni davom ettirish, ularda vatanparvarlik tuyg'usini oshirish, milliy qadriyatlarini keng targ'ib qilish, kelgusi rejalar bilan tanishish, zarur hollarda huquqiy yordam ko'rsatish, shuningdek, ularning kelgusidagi mehnat faoliyatlarida ko'maklashish maqsadida uyushtirildi.

 

Unda Britaniyaning Kembrij, London kollej universiteti ("UCL"), Qirolicha Meri universiteti ("Queen Mary University"), Reding, Brunel, Vestminster va boshqa oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar, "El-yurt umidi" jamg'armasi stipendiatlari, "UzSU" faollari ishtirok etdi.

 

Kompaniya ijrochi direktori Darren Gillard "Deecon Consulting" tashkilot faoliyati bilan batafsil tanishtirdi. Ma'lum qilinishicha, kompaniya turli yo'nalishlardagi infratuzilma loyihalari bo'yicha konsalting xizmatlarini taqdim etmoqda.

 

Shu nuqtai nazardan, suhbatdosh O'zbekiston transport tizimi, shaharlarning ichki avtobus yo'nalishlarini loyihalashtirish va boshqarish bo'yicha hozirda xorijiy kompaniyalarni hamkorlikka jalb etish mumkinligini bildirdi.

 

Tadbirdada elchixona vakillari tomonidan "O'zbekiston – 2030" strategiyasi hamda "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili" da respublikada barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar va ularning samarali natijalari haqida so'zlab berildi.

 

Mamlakatimizning ta'lim sohasidagi xizmatlarni ko'rsatuvchi muassasalarning yildan yilga takomillashib borayotgani va jahon ta'lim standartlarining joriy etilayotgani qayd etildi.

 

Jumladan, respublikada raqamlashtirish va IT texnologiyalar jadal tarzda rivojlanib borayotganligiga alohida urg'u berildi.

 

Tadbir davomida "Deecon Consulting" kompaniyasining tajribali mutaxassislari  tomonidan mahorat darsi o'tkazildi.

 

Unda kelgusida tanlov asosida "Deecon Consulting"da amaliyot o'tash va ishga joylashish imkoniyatlari to'g'risida axborot berildi.