Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Britaniya biznesi O'zbekiston bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda hamkorlik qilishdan manfaatdor - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Britaniya biznesi O'zbekiston bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda hamkorlik qilishdan manfaatdor



LONDON, 7-dekabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniya xalqaro treyderlar gildiyasi (WCWT) raisi Maykl Larsen bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

1985-yilda tashkil etilgan WCWT London shahrida joylashgan 111 gildiyadan biri sanaladi. Gildiya moliyaviy xizmatlar va savdoning barcha sohalarida xalqaro treyderlar, jumladan brokerlar, bankirlar, auditorlar va maslahatchilar, shuningdek, tovarlar va xizmatlar savdogarlari assotsiatsiyasidir.

 

Maykl Larsen muloqot avvalida O'zbekiston parlamenti saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida qatnashgani uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, respublikada ilk marotaba majoritar-proporsional tizimda o'tkazilgan saylov demokratik, ochiq va oshkora tarzda bo'lib o'tganini tasdiqladi.

 

"Saylov yuqori darajada tashkil etildi va O'zbekiston fuqarolarining unda faol ishtiroki mamlakatda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlarni qo'llab-quvvatlashidan dalolat beradi, –dedi u. – O'zbekistonda iqtisodiyotni yanada liberallashtirish va modernizatsiya qilish, davlat boshqaruvi va sud-huquq sohasini takomillashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ham e'tirofga loyiq".

 

Britaniya vakili WCWT O'zbekiston bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda hamkorlik o'rnatishidan manfaatdor ekanligini bildirdi.

 

Uchrashuv yakunida birgalikda biznes forumlar va davra suhbatlari o'tkazish hamda ikki davlat ishbilarmon doiralari vakillarining o'zaro tashriflarini tashkil etishga kelishib olindi.