Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O'zbekiston Britaniya bilan kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlash sohasida hamkorlik qiladi - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

O'zbekiston Britaniya bilan kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlash sohasida hamkorlik qiladi



LONDON, 21-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi ko'magida "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" aksionerlik jamiyati direktorining birinchi o'rinbosari Jasur Bo'riyev hamda Buyuk Britaniyaning "Fleximize" kompaniyasi asoschisi va bosh ijrochi direktori Piter Tuvey o'rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

 Suhbat davomida xorijiy tomon respublikada amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, shu jumladan, kichik va o'rta biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo'llab-quvvatlash borasida tatbiq etilayotgan chora-tadbirlar hamda "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" faoliyati bilan tanishtirildi.

 

Tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlarini muhokama qildilar.

 

Onlayn uchrashuv yakunida "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" va "Fleximize" o'rtasida hamkorlik aloqalarini o'rnatish, tajriba almashish, "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" delegatsiyasining Britaniyaga ishchi safarini tashkil etish to'g'risida kelishib olindi.

 

"Fleximize" 2014-yilda tashkil etilgan. U kichik va o'rta biznes korxonalari uchun resurslarni optimallashtirish, ularga o'z faoliyatlarini rivojlantirishga moliyaviy yordam berish xizmatlarini taqdim etadi.