
LONDON, 24-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi diplomatlari Buyuk Britaniya Biznes va savdo vazirligining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo'yicha savdo siyosati va bozorga kirish boshqarmasi boshlig'i Nikolas Leyn bilan onlayn muzokara o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Muloqot davomida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
O'zaro savdoni rivojlantirish va qo'shma investitsion loyihalarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi.
Tomonlar mazkur yo'nalishlardagi hamkorlikni kengaytirish bo'yicha mavjud salohiyatni ro'yobga chiqarish bo'yicha amaliy chora-tadbirlarni muhokama qilish maqsadida o'zaro muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.