
LONDON, 25-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi konsuli Britaniyadagi eng mashhur podkastlardan biri – "Gashtak"da qatnashdi va vatandoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Vatandoshlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, Britaniyada bo'lish qoidalari, mehnat migratsiyasi bilan bog'liq tartiblar muhokamalarning asosiy mavzusi bo'ldi.
Yig'ilganlarga O'zbekiston hukumati tomonidan xorijdagi yurtdoshlarimizni qo'llab-quvvatlash, ularning huquqlarini mustahkam himoya qilish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar haqida so'zlab berildi. Vatandoshlarga ko'rsatilayotgan konsullik xizmatlar alohida urg'ulandi.