Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Britaniyaning eng nufuzli fond birjasida O'zbekiston yevroobligatsiyalari joylashtirildi - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

Britaniyaning eng nufuzli fond birjasida O'zbekiston yevroobligatsiyalari joylashtirildi



LONDON, 25-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston iqtisodiyot va moliya vaziri o'rinbosari Axadbek Xaydarov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Londonda bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri

 

Safar davomida Britaniyaning nufuzli kompaniyalari bilan hamkorlikda umumiy qiymati 1,5 milliard AQSH dollaridan ziyod bo'lgan suveren hamda "yashil" yevrobondlar joylashtirildi.

 

Bundan tashqari, O'zbekiston delegatsiyasi a'zolari Londondagi nufuzli moliya institutlar, xalqaro banklar, konsalting va yuridik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o'tkazdi.