Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Britaniyaning yirik investitsiyaviy xoldingi O'zbekiston bozoriga kirmoqchi - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

Britaniyaning yirik investitsiyaviy xoldingi O'zbekiston bozoriga kirmoqchi



LONDON, 12-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniyaning yetakchi investitsiyaviy xoldinglaridan biri –"United Green Group" tashkilotining investitsiyalar bo'yicha bosh direktori Albrext Frishenshlager bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Albrext Frishenshlager O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, shu jumladan, xorijiy investorlarga yaratib berilayotgan qulay iqtisodiy imkoniyat va imtiyozlarni yuqori baholadi. Uning aytishicha, "United Green Group" xoldingi O'zbekiston bilan investitsiyaviy hamkorlik o'rnatishdan manfaatdor.

 

Tomonlar hamkorlikning aniq yo'nalishlarini belgilash uchun "United Green Group" va O'zbekistonning tegishli vazirlik hamda idoralari o'rtasida ishchi aloqalarni o'rnatish bo'yicha kelishuvga erishdilar.

 

"United Green Group" XX asrning boshida Britaniyada asos solingan. U hozirgi kunda energetika, avtomobilsozlik, savdo, ko'chmas mulk, qishloq xo'jaligi va tijorat sohasida faoliyat olib bormoqda.

 

Xolding o'zining boy tajribasi, innovatsion yondashuvlari va keng ko'lamli faoliyati orqali xalqaro miqyosda ko'plab loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan.