Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O'zbekiston Britaniyaning kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlash bo'yicha tajribasini o'rganmoqda - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

O'zbekiston Britaniyaning kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlash bo'yicha tajribasini o'rganmoqda



LONDON, 13-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi ko'magida "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" AJ va "British Business Bank rahbariyati o'rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Muloqot chog'ida ikki tomonlama aloqalarni yo'lga qo'yish, kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlash sohasida tajriba almashish masalalari xususida fikr almashildi.

 

Britaniya vakillari O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, shu jumladan, kichik va o'rta biznesni moliyaviy va institutsional qo'llab-quvvatlash borasida hayotga tadbiq etilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi

 

 Uchrashuv natijasida "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" AJ va "British Business Bank" o'rtasida hamkorlik aloqalarini o'rnatish, o'zaro tajriba almashish bo'yicha kelishuvga erishildi.

 

2014-yilda Britaniya Savdo va biznes vazirligi tomonidan tashkil etilgan "British Business Bank" mamlakatdagi iqtisodiy taraqqiyotni qo'llab-quvvatlash hamda kichik va o'rta biznesning rivojlanishini rag'batlantirishga yo'naltirilgan davlat banki hisoblanadi. Bank kichik va o'rta biznesga qisqa muddatli kreditlar, moliyaviy rejalashtirish hamda investitsion yechimlarni taklif etadi.