Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Joriy yilning birinchi yarmida O'zbekistondan Buyuk Britaniyaga 200 tonnadan ortiq mosh eksport qilindi - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

Joriy yilning birinchi yarmida O'zbekistondan Buyuk Britaniyaga 200 tonnadan ortiq mosh eksport qilindi



LONDON, 5-avgust. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning birinchi yarmida O'zbekistondan Buyuk Britaniyaga 200 tonnadan ortiq miqdorda mosh yetkazib berildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Ta'kidlash kerakki, O'zbekiston–Britaniya savdo munosabatlarida mosh eksporti yangi yo'nalish sifatida shakllandi. 2025-yilning birinchi yarmida ushbu mahsulotning 200 tonnadan ortiq miqdori Britaniyaning ulgurji mahsulotlar bilan shug'ullanuvchi kompaniyalariga yetkazib berildi.

 

Britaniya bozorlarida O'zbekiston qishloq xo'jaligi mahsulotlari tobora o'z o'rnini topib bormoqda. Moshdan tashqari, joriy yilda bodom va mayiz eksporti ham oshdi. Gilos va qovun kabi mahsulotlar Toshkent–London yo'nalishidagi aviaqatnovlar orqali yetkazib berilyapti. Natijada, O'zbekiston agromahsulotlari eksporti joriy yilning 6 oy ichida 2 barobarga ko'paydi.

 

Shu yil iyun oyida Londonda birinchi O'zbekiston mahsulotlari savdo yarmarkasi tashkil etildi. 20 dan ortiq yetakchi O'zbekiston eksportyorlaridan iborat yurtimiz delegatsiya London bo'lib, yirik ulgurji bozorlari hamda meva-sabzavot importi bilan shug'ullanuvchi kompaniyalar omborlari faoliyati bilan tanishdi. O'tkazilgan tadbirlar va uchrashuvlarda britaniyalik salohiyatli kompaniyalar bilan dastlabki eksport kelishuvlariga erishildi.

 

Hozir kunda O'zbekiston korxonalari tomonidan Britaniya bozorlariga 30 xildan ortiq turdagi qishloq xo'jaligi tovarlari eksport qilinmoqda.