Dunyoda COVID-19 koronavirusi bilan bog‘liq holatning og‘irlashishi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiyaning e’lon qilinishi munosabati bilan va uning mamlakatimiz hududiga kirib kelishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qaror qildi:
- 2020-yilning 14-martidan boshlab O‘zbekiston bilan Buyuk Britaniya, Fransiya va Ispaniya o‘rtasidagi barcha aviaqatnovlarni to‘xtatish;
- Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi, Italiya Respublikasi, Eron Islom Respublikasi, Fransiya Respublikasi va Ispaniya Qirolligi fuqarolari va ushbu davlatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston hududiga barcha turdagi chegara o‘tkazish punktlari orqali kirib kelishini vaqtincha to‘xtatish;
- oxirgi 14 kun ichida yuqorida qayd etilgan mamlakatlarga borgan barcha xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston hududiga kirishini vaqtincha to‘xtatish;
- Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi, Italiya, Eron Islom Respublikasi, Fransiya, Ispaniya Qirolligi, Germaniya Federativ Respublikasi, Buyuk Britaniya, Afg’oniston Islom Respublikasidan, shu jumladan transit orqali O’zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini uy sharoitida 14 kunlik karantinda saqlash tartibi joriy etilsin.
Ushbu cheklov choralari diplomatik va xizmat pasporti egalariga, so‘nggi 14 kun ichida yuqorida qayd etilgan mamlakatlarda bo‘lmagan boshqa chet el davlatlarining fuqarolari va ushbu davlatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Yuqoridagilarni inobatga olib vatandoshlarimizdan favqulodda zarurat bo‘lmasa, Buyuk Britaniyaga vaqtincha bormay turishlarini tavsiya qilamiz va ushbu davlat hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda O’zbekistan Respublikasining London shahridagi Elchixonasiga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz:
Elchixonaning manzili va kontaktlari:
41 Holland Park, London W11 3RP
Tел.: +44 (0) 207 2297679
Veb-sayt: https://www.uzembassy.uk
Elektron pochta: info@uzembassy.uk, consul@uzembassy.uk
Facebook dagi sahifa: https://www.facebook.com/uzemb.lon.3
«Uzbekistan Airways» АJ ning Londondagi vakolatxonasi manzili va kontaktlari:
Unit 13, Cambridge Court, 210 Shepherds Bush Rd, Hammersmith, London W6 7NJ
Tel.: +44 (0) 207 0342090
Veb-sayt: https://www.uzairways.com/uz
Elektron pochta: london@uzairways.co.uk