Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi


O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo'lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan — Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati — besh yil.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonunga muvofiq saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat. 
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi bo'lib, Senat a'zolaridan (senatorlardan) iborat. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zolari Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo'shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo'li bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — olti kishidan saylanadi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o'n olti nafar a'zosi fan, san'at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo'lgan hamda alohida xizmat ko'rsatgan eng

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari quyidagilardan iborat: 

1) O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish; 

2) O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlarini, qonunlarini qabul qilish, ularga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish; 

3) O'zbekiston Respublikasining referendumini o'tkazish to'g'risida va uni o'tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish; 

4) O'zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo'nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish; 

5) O'zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini belgilash; 

6) O'zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning O'zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash; 

8) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish; 

9) soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni joriy qilish; 

10) O'zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yo'li bilan tartibga solish, chegaralarini o'zgartirish; 

11) tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini o'zgartirish; 

12) davlat mukofotlari va unvonlarini ta'sis etish; 

13) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qo'mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish to'g'risidagi farmonlarini tasdiqlash; 

14) O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish;

15) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko'rib chiqish va tasdiqlash, shuningdek mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish; 

16) O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili va uning o'rinbosarini saylash;

17) O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko'rib chiqish;

18) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug'ilganda urush holati e'lon qilish to'g'risidagi farmonini tasdiqlash; 

19) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e'lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish to'g'risidagi farmonlarini tasdiqlash; 

20) xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish; 

21) parlament nazoratini va ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish. 

Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar, qoida tariqasida, avval O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida, so'ngra Senatida ko'rib chiqiladi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlariga: 

1) O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o'rinbosarlarini, qo'mitalarning raislari va ularning o'rinbosarlarini saylash; 

2) O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to'g'risidagi masalalarni hal etish; 

3) o'z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bog'liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish; 

4) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlariga:

1) O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisini va uning o’rinbosarlarini, qo’mitalarning raislari va ularning o’rinbosarlarini saylash;

2) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini saylash;

3) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudini saylash;

4) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudini saylash;

5) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasining raisini tayinlash hamda uni lavozimidan ozod etish;

6) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Hisob palatasi raisini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish to’g’risidagi farmonlarini tasdiqlash;

7) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish to’g’risidagi farmonlarini tasdiqlash;

8) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish;

9) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish;

10) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya to’g’risidagi hujjatlarni qabul qilish;

11) O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to’g’risidagi masalalarni hal etish;

12) O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi raisining, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish;

13) o’z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bog’liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;

14) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi.

Qonunchilik tashabbusi huquqiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, o‘z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Bosh prokurori egadirlar va bu huquq qonunchilik tashabbusi huquqi sub’ektlari tomonidan qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi.