O’zbekiston Respublikasining London shahridagi elchixonasining konsullik bo’limida ro'yxatdan o’tgan O'zbekiston Respublikasining fuqarolariga mazkur diplomatik vakolatxona tomonidan pasport rasmiylashtirib beriladi.
Biometrik pasport olish uchun quyidagi hujjatlarni ta'qdim qilinishi lozim:
1. Biometrik pasportni olish uchun ariza (biopasport arizasi va arizaning to’ldirilgan namunasi)
2. Pasport asl nusxasi va hamma varaqlari kserokopiyasi (yozuvlar, pechatlar, stikerlar va vizalar bor betlaridan nusxalar);
3. Nikohdan o’tganlik yoki ajrashganlik haqidagi guvohnomaning nusxasi;
4. Tug’ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi (16 yoshga to'lmagan bolalarga pasportni birinchi marta olayotganda) yoki pasporti, hamda ota-onasi pasportining hamma varaqlaridan nusxalar (yozuvlar, belgilar, pechatlar, stikerlar va vizalar bor betlaridan nusxalar). Buyuk Britaniyada tug’ilgan farzandlar uchun tug’ilganlik haqidagi guvihnomasini (Birth certificate) apostili qo'yilgan tarzda (legalizatsiya). Ota-onalardan birining pasportini berish imkoniyati bo'lmagan taqdirda, o'lim haqidagi guvohnomani, nikohni bekor qilganlik haqidagi guvohnoma taqdim qilinishi shart;
5. Ota-onalardan biri chet el fuqarosi bo'lsa uning rozilik xati kerak;
6. Davlatda legal yashayotganligini tasdiqlovchi hujjat (viza);
7. Foto 3x4 sm o'lchamda 2 dona;
Pasport rasmiylashtirish uchun tegishli uskuna orqali fuqaroning barmoq izlari va surati olinadi, shu sababli fuqaroning konsulxonaga shaxsan kelishi talab etiladi.