Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

Elchixona yangiliklari




...
Sharqiy London universiteti O'zbekiston tomoni bilan ikki tomonlama diplom berish dasturini amalga oshirishdan manfaatdor

LONDON, 2-marta. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi rahbariyati va xodimlari Sharqiy London universitetiga (University of East London UEL) tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Tashrif davomida mazkur oliy ta'lim muassasasining xalqaro hamkorlik masalalari bo'yicha prorektori professor Pol Marshall bilan uchrashuv o'tkazildi.

 

Britaniya tomoni yurtimizda ta'lim yo'nalishidagi islohotlar va davlatlarimiz o'rtasidagi munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari bilan tanishtirildi.

 

Ikki tomonlama diplom berish ("dual diploma") dasturi, o'qituvchilar va talabalar almashinuvi yo'nalishlarida hamkorlikni rivojlantirishga e'tibor qaratildi.

 

Prorektor Pol Marshall O'zbekistonda ta'lim sohasidagi o'zgarishlarni va yoshlarning sifatli ta'lim olishi uchun yaratib berilayotgan sharoitlarni yuqori baholadi. Uning aytishicha, universitet rahbariyati O'zbekistonda Britaniya ta'lim standartlarini joriy etishdan va mamlakatimizdagi oliy ta'lim muassasalari bilan turli yo'nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor.

 

Diplomatlar tashrif davomida ushbu universitetida tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan ham muloqot qildilar.

 

Mark Krossi, Sharqiy London universitetining xalqaro hamkorlik masalalari bo'yicha direktori yordamchisi:

– Muzokaralar davomida O'zbekiston oliy o'quv yurtlari bilan hamkorlik munosabatlarini yo'lga qo'yish imkoniyatlari hamda ta'lim sohasida o'zaro manfaatli aloqalarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi. Biz kelgusida Britaniya ta'lim standartlari bo'yicha O'zbekistonda oliy ta'lim muassasalari bilan turli yo'nalishlarda, shu jumladan ikki tomonlama diplom berish dasturlari, franchayzing asosida universitet tashkil etish, o'qituvchilar va talabalar almashinuvi va boshqa jabhalarda uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini o'rnatishdan mamnunmiz.